Fan-texnika | 15:53 / 29.09.2018
10912
1 daqiqa o‘qiladi

Facebook’dagi akkauntingiz so‘nggi xakerlik hujumida buzib kirilganini qanday aniqlash mumkin?

Foto: Bloomberg

MarketsWatch internet-portali so‘nggi xakerlik hujumi natijasida Facebook’dagi akkauntingiz buzib kirilganini qanday aniqlash mumkinligi haqida ma'lumot berdi.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, agar Facebook sizning akkauntingizdan chiqib ketgan bo‘lsa va siz login hamda maxfiy so‘zni qayta kiritishingiz kerak bo‘lsa, katta ehtimol bilan, bu sahifani buzib kirishga harakat qilishgan.

Ta'kidlanishicha, o‘tgan oyda ijtimoiy tarmoqning taxminan 50 million foydalanuvchisi xakerlar hujumiga uchradi. Shu bilan birga, servis tomonidan yopilgan sahifalarning soni 90 million atrofida baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Facebook sahifani egallab olish imkonini beradigan kamchilik haqida ma'lum qilgandi.

Facebook muhandislari 50 million foydalanuvchining akkauntiga kirish imkonini beradigan xavfsizlik kamchiligini topdilar. Kamchilik boshqa foydalanuvchilar nomidan o‘z sahifasini ko‘rish funksiyasida aniqlandi. 

Mavzuga oid