Facebook muhandislari 50 million foydalanuvçining akkauntiga kiriş imkonini beradigan xavfsizlik kamçiligini topdilar. Kamçilik boşqa foydalanuvçilar nomidan öz sahifasini köriş funksiyasida aniqlandi.

Kompaniya endi suriştiruv işlarini boşladi, kamçilikning aniq sababi noma'lum. Ijtimoiy tarmoq saytdan har ehtimolga qarşi 40 million kişini «çiqarib taşlab», ularni qayta tasdiqlanişga majbur qildi.

Ijtimoiy tarmoq bu muammoni «juda jiddiy» qabul qilayotgani va barça röy bergan holat haqida bilişini istaşi haqida ma'lum qildi. Kamçilik sahifaga kiriş kalitlarini (tokenlar) öğirlaş va ularni profilni qölga kiritiş uçun işlatiş imkonini bergan. Feysbukdan tuşuntirişlariça, tokenlarni raqamli kalit deb hisoblaş mumkin, ular har doim qayta kirib ötirmasdan foydalanuvçilarga saytda avtorizatsiya qilingan holda qolişga imkon yaratgan.

Servisdan ma'lum qilişlariça, bu muammoni hal qiliş uçun darhol bir neçta çoralar körildi: kamçilik yopib qöyildi va huquqni muhofaza qiliş organlari xabardor etildi. Bundan taşqari, kompaniya 50 million kişi uçun kiriş kalitlarini yöq qildi va yana 40 million foydalanuvçi uçun ham xuddi şunday qilişga tayyorlanmoqda - ularning hammasi ijtimoiy tarmoqka parol bilan qayta kirişiga töğri keladi.