Rossiya BMT kuchlarini Donbassga kiritishga rozi bo‘ldi
Rossiya Donbassda YeXHT kuzatuvchilariga BMT qo‘riqlash xizmatini berishga rozi bo‘ldi. Bu haqda BMT Bosh assambleyasida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma'lum qilgan.
«Biz Ukrainada YeXHT missiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaymiz, uning kuzatuvchilariga BMT qo‘riqlash xizmatini berishga tayyormiz. Biroq, Kiyev Minsk kelishuvlarini bajarish, Donetsk va Lugansk bilan muloqot o‘rniga Donbassga G‘arb qo‘llab-quvvatlovi ostida ishg‘ol etish kuchlarining kiritilishi haqidagi illyuziyalar bilan yashamoqda. U ko‘proq kuch ssenariylari bilan tahdid qilmoqda», - deya ma'lum qildi Lavrov.
Rossiya diplomatiyasi rahbarining ta'kidlashicha, cho‘zilib ketgan ichki Ukraina mojarosining omillaridan biri - radikal-millatchilik va neofashizmning o‘sishi, «bunda SS bayroqlari ostida jang qilgan jinoyatchilar qahramonlar deb e'lon qilindi». «Hozirgi Kiyevdagi hokimiyatni qo‘llab-quvvatlayotganlar o‘z shogirdlari to‘g‘ri yo‘lga boshlashi, ularni Donbass qamalini va butun Ukraina hududida milliy ozchiliklarni kamsitishni to‘xtatishga majburlashi lozim», - deya xulosa qildi Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko AQShning ko‘magi Rossiyani tiyib turishda yordam berayotgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:10
Rossiyada qatag‘on qurbonlari reabilitatsiyasi bo‘yicha 4000 ta qaror bekor qilindi
10:00
Rossiyani bir yil ichida 2 mlndan ortiq migrant tark etdi
21:52 / 19.09.2024
Rossiya asal narxini pasaytirish uchun O‘zbekistondan asalari olmoqda
20:25 / 19.09.2024