Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko Qöşma Ştatlar tomoni Ukraina qurolli kuçlarini rivojlantirişga katta hissa qöşgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» davlat rahbarining matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanişiça, Poroşenko AQŞning «Baltimor» Sohilni qöriqlaş bazasiga qilgan safari çoğida şunday bayonot bergan. Uning sözlariga köra, Kiyev milliy xavfsizlik va mamlakat mudofaa sektorini rivojlantiriş uçun Qöşma Ştatlardan 1 milliard dollardan köproq pul oldi. Uning bildirişiça, bu Ukraina qurolli kuçlarini NATO va AQŞ armiyasi bilan «muvofiq» qiladi.
«Biz AQŞ Kongressining uşbu yordamni oşiriş böyiça yaqinda qabul qilgan qarorini yuqori baholaymiz. Bu bizning harbiy ajratmalarimizni qöllab-quvvatlaydi, ular esa yalpi içki mahsulotning 6 foizidan oşib ketdi», - dedi Poroşenko.
Uning qöşimça qilişiça, bu «Rossiyaning ortib borayotgan tajovuzini» tiyib turişda kömak bermoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Poroşenko BMTda Rossiyaning niyatini ma'lum qilgandi.

















