Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jonson Brexit bo‘yicha o‘z rejasini e'lon qildi
Foto: Aleksey Filippov/RIA «Novosti»
Buyuk Britaniyaning sobiq tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Londonning Yevropa ittifoqidan chiqishi bo‘yicha o‘z rejasini e'lon qildi. Bu haqda The Daily Telegraph xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu reja Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey hukumatining takliflariga muqobil variant sanaladi.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaqtda London Brexit bo‘yicha muzokaralarda salbiy pozitsiyada turibdi.
Jonsonning qayd etishicha, Mey hukumati Yevropa ittifoqi bilan muzokaralar chog‘ida «qandaydir harakatlarni amalga oshirishni istamaslik» orqali o‘zini ko‘rsatdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya mamlakatga kelayotgan ba'zi ishchilarga imtiyozlarni bekor qilgandi.
Britaniya vazirlar mahkamasi mamlakatning Yevropa ittifoqi (YeI) tarkibidan chiqqanidan keyingi migratsion siyosat loyihasini ma'qulladi. Ta'kidlanishicha, vazirlar mahkamasi Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Sajid Jovidning loyihasini ko‘rib chiqdi. Unda mamlakatda ishlashni istaganlar uchun cheklovlar tartibga solinadi.
Mavzuga oid
08:39 / 04.05.2026
Dunyoda birinchi davlat to‘liq avtonom dronlar galasini sinovdan o‘tkazdi
23:32 / 01.05.2026
Qirol va qirolmas uchrashuvi. Charlz III Oq uyda oriycha master-klass ko‘rsatdi
20:53 / 01.05.2026
Urush davrida o‘zbekistonlik askarga boshpana bergan britaniyalik oila taqdirlandi
17:51 / 28.04.2026