Sport | 18:40 / 30.09.2018
2276
2 daqiqa o‘qiladi

Hemilton Rossiyadagi Gran-pri g‘olibi bo‘ldi

Britaniyalik avtopoygachi, «Mersedes» a'zosi Lyuis Hemilton «Formula-1»ning Rossiyada o‘tkazilgan Gran-prisida g‘olib chiqdi.

Poyga «Sochi Avtodrom»da o‘tkazildi, g‘olib Rossiya prezidenti Vladimir Putin qo‘lidan mukofotni qabul qilib oldi.

Ikkinchi o‘rinni Hemiltonning jamoadoshi Valtteri Bottas egalladi, uchlikni «Ferrari»ning germaniyalik a'zosi Sebastyan Fettel band etdi.

Formula-1. Rossiya Gran-prisi. Poyga 
1. Lyuis Hemilton («Mersedes») 
2. Valtteri Bottas («Mersedes») — +2.545 
3. Sebastyan Fettel («Ferrari») — +7.487 
4. Kimi Raykkonen («Ferrari») — +16.543
5. Maks Ferstappen («Red Bull») — +31.016
6. Daniel Rikkardo («Red Bul») — +1:20.451 
7. Sharl Lekler («Zauber») — +1:38.390
8. Kevin Magnussen («Xaas») — +1 doira
9. Esteban Okon («Fors India») — +1 doira
10. Serxio Peres («Fors India») — +1 doira

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid