Jamiyat | 11:44 / 01.10.2018
9617
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzordagi ko‘prikda qoldirib ketilgan avtomashinadan 5500 dollar o‘g‘irlandi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida shu yil 4 sentabr kuni noma'lum shaxs “Bunyodkor shoh-TXAY” ko‘chalari chorrahasida joylashgan ko‘prikda qarovsiz qoldirilgan S.E. ismli ayol boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashina salonidan 5 500 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yashovchi A.O. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid