O‘zbekiston | 10:02 / 01.10.2018
13841
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Hindiston munosabatlarining bugungi sur'atiga baho berdi

Hindiston prezidentining «Rashtrapati Bxavan» saroyida 1 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Hindiston bugungi kunda jadal rivojlanib, jahon iqtisodiyotidagi o‘rnini mustahkamlab borayotgan global davlat. Biz oliy darajadagi uchrashuvlarimiz natijasida faollashib borayotgan O‘zbekiston va Hindiston munosabatlarining bugungi sur'atini yuqori baholaymiz. Ishonchim komilki, ushbu tashrifim va samarali muzokaralarimiz strategik sherikligimizni yangi bosqichga olib chiqadi, dedi prezident.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev Hindistonni dunyodagi eng katta demokratiya deb atagandi.

Mavzuga oid