Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Hindistonni dunyodagi eng katta demokratiya deb atadi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonni dunyodagi eng katta demokratiya deb atadi, u bilan o‘zbek xalqi tarixiy aloqalarga ega ekanligini ta'kidladi.
«Men mehmondo‘st Hindiston zaminida bo‘lib turganimdan juda xursandman. Har bir o‘zbekistonlikning qalbida Hindiston alohida o‘ringa ega. Bizning xalqlarni tarixiy aloqalar, o‘xshash urf-odatlar, ma'naviy va madaniy dunyoning yaqinligi bog‘lab turadi. Biz uchun Hindiston - ezgulik va bag‘rikenglik nurini taratib turuvchi buyuk sivilizatsiya. Bu dunyodagi eng katta demokratiya», - dedi Mirziyoyev.
«Kecha Agraga tashrif buyurib, men va bizning delegatsiya naqadar o‘zaro yaqin ekanimiz, Hindiston hamda O‘zbekiston o‘rtasida ko‘plab aloqalar va an'analar borligiga yana bir bor amin bo‘ldik», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonda Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026
Hindistonda sayyohlarga «safari» paytida telefondan foydalanish taqiqlandi
10:35 / 24.04.2026