Hindiston tomonidan nazorat qilinadigan Kaşmir mintaqaviy qonunçilik organi federal hukumatdan hududning maxsus avtonomiya maqomini qayta tiklaşni talab qiluvçi rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar beradi Associated Press.
Qayd etilişiça, assambleya binodagi şovqinli çiqişlarga qaramay, köpçilik ovoz bilan rezolyutsiyani qabul qilgan. «Assambleya Hindiston hukumatini Jammu va Kaşmir xalqining saylangan vakillari bilan maxsus maqomni qayta tiklaş böyiça dialogni boşlaşga çaqiradi», — deyiladi rezolyutsiyada.
Jammu va Kaşmir Hindiston şimolida joylaşgan, mamlakatdagi aholisining aksariyat qismini musulmonlar taşkil etuvçi yagona hududdir. Mintaqa 1947 yilda Pokiston va Hindiston taşkil etilganidan beri ikkala davlat örtasidagi nizoli hududga aylangan.
Jammu va Kaşmir 2019 yilgaça maxsus avtonomiya maqomiga ega edi. Unga köra, Jammu va Kaşmirdan taşqarida yaşovçi Hindiston fuqarolariga uşbu hududdan yer sotib oliş va u yerda doimiy joylaşiş taqiqlangan. Şuningdek, Hindiston parlamenti tomonidan mudofaa, taşqi işlar, moliya va aloqa bilan boğliq bölmagan barça qarorlar hudud organlari tomonidan tasdiqlanişi kerak edi. Öşa yilning avgust oyida Hindiston boş vaziri Narendra Modi administratsiyasi Jammu va Kaşmir ştati avtonomiya maqomidan mahrum qildi. U yerda noroziliklar tölqinlari bölib ötdi, ammo qon tökilişigaça bormadi.











