Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zagrotexsanoatxolding» raisi Sirdaryodagi paxta terimida qatnashdi
Sirdaryo viloyati Xovos tumani dalalarida paxta terimi ayni avjiga chiqqan. «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ raisi Muxtor Karimov ham ushbu tuman dalalaridagi paxta terimi bo‘yicha hasharda qatnashdi.
- Paxta bizning milliy boyligimiz, - deydi M.Karimov. - Uni nobud qilmasdan terib olish nafaqat fermer va dehqonlarning, balki har birimizning burchimizdir. Shu sababli bugun o‘zim ham hasharda qatnashmoqdaman. Dalaga chiqishimning asosiy sabablaridan biri - hasharchilarga yaratilgan sharoit bilan shaxsan tanishib, ularni qiynayotgan muammolarini joyida hal etish.
Hozirda hasharga «O‘zagrotexsanoatxolding»ning 500 nafardan ko‘proq ishchilari qatnashmoqda. Ular bepul uch mahal issiq ovqat va yotoqxona bilan ta'minlangan. Bundan tashqari, hukumat tomonidan ularga har 1 kg terilgan paxta uchun 950 so‘mdan pul to‘lanmoqda. Shuningdek, ilg‘or terimchilarga qimmatli sovg‘alar va mukofot pullari berilishi ham ko‘zda tutilgan.
Shu bilan birga, xolding tomonidan hasharchilarga bayram dasturxoni yozilib, san'atkorlar ishtirokida bazm uyushtirildi. “TQTZ” AJ, “ChQTZ” AJ, “Klass Agro” QK, “Texnolog” AJ, “Agrixim” MChJ va “Amkodor-Agrotexmash” QKda ishlovchi ilg‘or terimchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
«O‘zagrotexsanoatxolding» paxta terish bo‘yicha mahalliy mashinalarni takomillashtirish yuzasidan jadal ishlar olib bormoqda. Bu jarayon xolding qoshidagi konstruktorlik byurosida amalga oshirilyapti. Ular keyingi yil sinovdan o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
16:53 / 08.10.2025
Surxondaryoda paxta terimidan ayollarni mindirib qaytayotgan Labo Cobalt bilan to‘qnashdi
19:41 / 26.09.2025
Prezident paxta hosilini yig‘ib olish uchun favqulodda shtablar tuzishga ko‘rsatma berdi
08:33 / 31.08.2025
Paxta terimi uchun «tavsiyaviy» narx belgilandi
18:01 / 03.01.2023