Sport | 14:50 / 03.10.2018
17631
2 daqiqa o‘qiladi

«Toshkentga uchta jamoa nimaga kerak?» - Umid Ahmadjonov Superliga formatini o‘zgartirmoqchi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov Superliga formati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Superliganing bu formati kelasi yili ham shu tarzda qoladi deb aytolmayman. Biz boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqamiz. 

Ayni paytda chempionatimizda 12ta jamoa ishtirok etayapti. Lekin futbol millionlar o‘yini ekanligini unutmasligimiz kerak. O‘zbekistonda esa futbolni juda sevishardi. Shuning uchun, uning har bir viloyatida, shahrida albatta futbol bo‘lishi kerak. Birgina Toshkentning o‘zidan uchta jamoaning nima keragi bor? 

Masalan, men Andijon xalqi o‘z jamoasini Superligada ko‘rishini xohlayman. Chunki ular bunga munosib. Yoki Samarqandni olaylik. Samarqandda ham albatta futbol bo‘lishi kerak.

Shu bois, biz chempionat formatini qayta ko‘rib chiqamiz va buni muhokama qilamiz. Futboldan butun xalqimiz bahramand bo‘lishi kerak. Chunki biz O‘zbekiston futbolini yuksaklarga ko‘tarish uchun mehnat qilayapmiz. Shuning uchun chempionatimiz tizimi borasida hammasini yaxshilab o‘ylab ko‘rganimizdan keyin, qaror chiqaramiz», - deb Ahmadjonov so‘zlarini keltirmoqda Championat.asia «Futbol Ekspress» gazetasiga asoslangan holda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid