Jahon | 09:39 / 04.10.2018
5775
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh NATO talabiga binoan kiberhujumlarni amalga oshirishi mumkin

Foto: AP

Amerika Qo‘shma Shtatlari NATOga a'zo mamlakatlar uchun kiberhujumlar sohasida o‘z imkoniyatlarini taqdim etishga tayyor. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, yaqin kunlar ichida AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis tegishli bayonot bilan chiqadi.

Taxminlarga ko‘ra, alyansdan ittifoqchilarning murojaati bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar hujumkor va mudofaa xarakteriga ega kiberhujumlarni amalga oshirishga tayyor. Bunday holda, butun jarayon Vashingtonning nazorati ostida amalga oshiriladi.

Ushbu qarorning olib kelgan sabab sifatida agentlik Rossiya tomonidan Yevropa davlatlariga nisbatan «kiberhujumlardan agressiv foydalanish»ni ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShning NATOdagi doimiy vakili Rossiyaga zarba berish bilan tahdid qilgandi. 

Mavzuga oid