Respublika qon quyish markaziga yangi direktor tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida lavozim tayinlovi amalga oshirildi. A'lonur Baxtinurovich Saidov Respublika qon quyish markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda KUN.UZ’ga vazirlik Axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga qon quyish tizimini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, aholiga transfuziologiya bo‘yicha davolash-maslahat yordami hamda sohada ilmiy-tadqiqot, ilmiy-amaliy va tashkiliy-uslubiy ishlarni yanada kuchaytirish vazifalari berilgan. Shuningdek, aholini xavfsiz qon tarkibiy qismlari va preparatlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq ta'minlash, ushbu maqsadda beg‘araz doimiy donorlar faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, qon tayyorlash hajmlarini muntazam oshirib borish kabi muhim yo‘nalishlar yuklatilgan.
A'lonur Saidov sohaga xorijning eng ilg‘or va zamonaviy usullari, innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish, qon kompanentlari turi va sifatini yaxshilash, qon quyish xizmati muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, kadrlar tayyorlash va malakasini muntazam oshirish borish, xorijdagi nufuzli qon quyish muassasalari bilan hamkorlikni yanada jadallashtirish singari vazifalarga ham mas'ul etib belgilangan.
Ma'lumot uchun: A. Saidov bugungacha Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Uning o‘rniga kecha, 4 oktabr kuni Abdurahmon Qayumov tayinlangan edi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024