Sog‘liqni saqlash tizimida yangi tayinlov amalga oshirildi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovi amalga oshirildi. Abdurahmon Abdumavlyanovich Qayumov Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda KUN.UZ’ga Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Unga mazkur institutni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, moddiy texnika bazasini mustahkamlash, gematologiya sohasidagi kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olishning yanada ratsional usullarini amalda qo‘llash, qon tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolash va konsultativ yordam ko‘rsatish, sohadagi innovatsion va zamonaviy samarali davolash usullari hamda ilmiy ishlar natijalarini tatbiq qilish, qon tizimi kasalliklarining diagnostikasi, epidemiologiyasi va profilaktikasi masalalarini o‘rganish kabi muhim vazifalar yuklangan.
Shuningdek, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, bu borada xorijning nufuzli muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish, hududlardagi gematologiya bo‘limlariga metodik yordam ko‘rsatish, qon tizimi kasalliklarining oldini olish va davolash masalalari bo‘yicha aholi o‘rtasida targ‘ibot ishlarini kuchaytirish kabi yo‘nalishlarga ham mas'ul etib belgilangan.
Ma'lumot uchun: A.Qayumov bugungacha Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
12:40 / 19.12.2024
Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
15:57 / 10.12.2024
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
18:28 / 06.12.2024