Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
III o‘smirlar Olimpiadasi haqida faktlar va Buenos-Ayresdan fotoreportaj
Toshkent vaqti bilan ertaga, 7 oktabr tongida Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Sport delegatsiyalari a'zolari yopilish marosimi bo‘lib o‘tadigan 18 oktabr kuniga qadar maxsus barpo etilgan olimpiya shaharchasida istiqomat qiladi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati olimpiya shaharchasidan fotoreportaj taqdim etdi.

Shaharchaga kirish oldidan kichik dam olish maydonchalari mavjud. U yerda toza xavoda o‘tirib, avvalgi Olimpiya o‘yinlari haqidagi ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Sportchilar, shuningdek, turli tanlovlarda ishtirok etib, esdalik sovg‘alari sohibiga ham aylanishlari mumkin.

- Musobaqada 206 mamlakatdan 3926 nafar sportchi ishtirok etadi.
- 32 sport turida medallar o‘ynaladi.


- O‘smirlar Olimpiadasida ilk marotaba o‘g‘il bolalar va qizlar sonida mutanosiblik yuzaga kelgan (1963 nafardan).
- O‘yinlar dasturiga breyk-dans, karate, cho‘qqiga chiqish, rolikli sport, sohil gandboli va futzal ilk marotaba kiritildi.

- Musobaqada O‘zbekiston sharafini 37 nafar sportchi himoya qiladi. Bu - mamlakat uchun o‘smirlar Olimpiadasidagi rekord hisoblanadi. O‘zbekistondan 2010 yili Singapurga 21 nafar atlet litsenziyaga ega chiqqan bo‘lsa, 2014 yilgi Nankin Olimpiadasida 28 nafar sportchi qatnashgan.
- O‘zbekiston terma jamoasi 2010 yilgi Singapur olimpiadasida 2 ta kumush va 4 ta bronza bilan medallar sifati bo‘yicha umumjamoa hisobida 62-o‘rinni egallagan. Oradan to‘rt yil o‘tib, Nankinda o‘zbekistonlik atletlar 2 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza medalni ko‘lga kiritgan holda 27-o‘rinni band etgan.
- Buenos-Ayres olimpiadasi dasturiga kiritilgan 32 ta sport turi bo‘yicha bahslarning teng yarmida (16 tasida) o‘zbekistonlik atletlar ham ishtirok etadi.
- O‘zbekiston terma jamoasining eng yosh sportchisi Indira O‘lmasova hisoblanadi. Sport gimnastikasi vakili hozir 14 yoshda.






Mavzuga oid
10:39 / 22.10.2018
O‘smirlar Olimpiadasida ishtirok etib qaytgan O‘zbekiston delegatsiyasi tantanali ravishda kutib olindi
16:40 / 19.10.2018
O‘smirlar Olimpiadasi yakunlari. Eng ko‘p medalni O‘zbekiston qaysi sport turlarida qo‘lga kiritdi?
08:13 / 19.10.2018
O‘smirlar Olimpiya o‘yinlari: O‘zbekiston 206 mamlakat ichida 13-o‘rinni egalladi
22:09 / 18.10.2018