Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi KXDR yetakchisi bilan uchrashdi
Foto: Twitter @SecPompeo
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo yakshanba kuni Pxenyanga tashrif buyurib, KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashdi. U bu haqida o‘zining Twitter'ida ma'lum qildi.
"KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashish uchun Pxenyanga amalga oshirilgan tashrif muvaffaqiyatli o‘tdi. Biz Singapurda erishilgan kelishuvlar ustida ishlashda davom etyapmiz. Men va AQSh davlat departamenti jamoasiga ko‘rsatilgan qabul uchun tashakkur", - deb yozdi u.
Kyodo agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Maykl Pompeo yakshanba kuni Kim Chen In bilan Koreya yarim orolida denuklearizatsiyaga erishishga yo‘naltirilgan ikki soatlik muzokaralardan so‘ng Janubiy Koreyaga borgan. Bu Amerika davlat kotibining KXDRga to‘rtinchi tashrifidir. Dushanba kuni Pompeo Pekinga tashrif buyuradi va u yerda ham hukumat vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Davlat kotibi shuningdek Yaponiyada ham bo‘lib, u yerda bosh vazir Sindzo Abe va TIV rahbari Taro Kono bilan uchrashdi.
Mavzuga oid
21:50 / 23.12.2025
To‘qayev Qozog‘istonni tinchlik muzokaralari maydoni sifatida taklif qildi
20:24 / 23.12.2025
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi
18:22 / 23.12.2025
Tramp To‘qayevga Oq uyning «ramziy kaliti»ni sovg‘a qildi
17:17 / 23.12.2025