Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Interpol prezidenti Xitoy hokimiyati tomonidan korrupsiyada ayblanmoqda - Parisien
Xitoy hokimiyati Interpol prezidenti va shu davlat fuqarosi Men Xunveyni korrupsiyada ayblamoqda. Bu haqda shanba kuni Le Parisien gazetasi «bir qator manbalardan olingan va biri birini tasdiqlovchi ma'lumotlar»ga asoslanib xabar bergan.
Gazeta ilgari surayotgan taxminga ko‘ra, Men Xunveyga nisbatan «kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalardan biriga shartnoma olishda noqonuniy yordam berish» ayblovi qo‘yilishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida nashr «Fransiyadagi bir qator ishonchli manbalar 2016 yilning oxirida Interpol rahbari etib saylangan Men Xunveyni Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasini o‘tkazish bahonasida lavozimni chetlashtirishi mumkinligini aytishayotgani»ni qayd etgan.
Juma kuni Xitoyning South China Morning Post gazetasi jurnalistlarda mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, Men Xunvey Xitoyda tergov ostida ekanligini ma'lum qildi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Interpol prezidentini Xitoyga 29 sentabr kuni uchib kelganidanoq so‘roqqa olib ketishgan. U ayni paytda qayerdaligi, so‘roqqa tutish uchun qanday asoslar borligi haqidagi axborot berilmayapti.
Sirli yo‘qolish
Interpol prezidenti Men Xunvey 29 sentabr kuni Stokholmdan Xitoyga aviareys bilan jo‘nagan. So‘nggi marta u o‘tgan shanba kuni aloqaga chiqqan, deb yozadi AFP agentligi. Lion shahri prokuraturasi (Fransiyaning markaziy qismi) Interpol prezidentining «tashvish tug‘diruvchi holatda bedarak yo‘qolishi» tufayli surishtiruv ishlarini boshlagan. Surishtiruv ishlarini olib borish Hududlararo maxsus yuridik guruhga topshirilgan.
Europe1 radiostansiyasining ma'lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Interpol shtab-kvartirasi joylashgan Lion shahrida farzandlari bilan istiqomat qilayotgan Men Xunveyning rafiqasi tergovchilarga allaqachon ko‘rsatma bergan. Boz ustiga, u o‘ziga telefon orqali ruhiy bosim va qo‘rqitish uyushtirilayotgani, qo‘ng‘iroq qilayotganlar xitoy tilida gapirishayotganini aytib o‘tgan. Le Monde gazetasining ma'lumotlariga ko‘ra, Men Xunveyning rafiqasi Frantsuz hokimiyatiga o‘zini himoyalashni so‘rab murojaat qilgan va uning iltimosi qondirilgan.
Xalqaro politsiya tashkilotidagilar esa juma kuni TASS muxbiri savollariga javob berishar ekan, xitoy vakilining yo‘qolishi «Fransiya va Xitoydagi tegishli organlarning vakolatiga kiradi», deya ta'kidlashgan. Interpoldagilar shuningdek, tashkilotning asosiy faoliyati bilan prezident emas, bosh kotib shug‘ullanishini ham eslatib o‘tishgan.
Shanba kuni Interpol XXR hokimiyatiga tashkilot prezidenti Men Xunveyning turgan joyi borasidagi ma'lumotni aniqlashtirish uchun rasmiy so‘rov yuborgan. Interpol huquq-tartibot organlarining rasmiy kanali orqali Xitoy hukumatidan Men Xunveyning statusiga aniqlik kiritishni so‘ragan, deyiladi bayonotda. Unda Interpol bosh kotibi Yurgen Shtok prezidentning ahvolidan tashvishlanishni bartaraf etish uchun Xitoy hokimiyatidan rasmiy javobni kutayotgani alohida qayd etilgan. Bu bayonot tashkilot bosh kotibining Twitter’dagi sahifasida, shuningdek, Interpolning saytida joylashtirilgan.
Mavzuga oid
20:23 / 17.04.2026
Humans asoschisi qidiruvga berildi
13:32 / 17.04.2026
Ravshan Muhitdinov ham xalqaro qidiruvga berilgan
15:09 / 05.02.2026
Firibgarlikda ayblangan shaxs Interpol orqali BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
15:41 / 01.02.2026