Interpol kanallari orqali qidiruvda bölgan Özbekiston fuqarosi mamlakatga ekstraditsiya qilindi, deb xabar bermoqda Içki işlar vazirligi.

Uşbu şaxs Jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan nomusga tegiş jinoyatini sodir etgan (bu jinoyat uçun qonunçilikda 8 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi közda tutilgan). Qidiruvdagi şaxs Gurjiston hududida bölgan va xalqaro qidiruv doirasida qölga olingan.

Uşbu ekstraditsiya sönggi ikki oy içida Gurjiston tomonidan qidiruvdagi Özbekiston fuqarolarining uçinçi bor topşirilişi bölib, bu huquqni muhofaza qiliş organlarining ikki tomonlama hamkorligi yuqori samaradorligidan dalolat beradi, deyiladi xabarda.

Ekstraditsiya qilingan şaxs Özbekistonga olib kelinib, keyingi protsessual harakatlarni amalga oşiriş va amaldagi qonunçilikka muvofiq javobgarlikka tortiş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlar vakillariga topşirilgan.

Ötgan yil dekabr oyi oxirida ham Gurjiston hukumati yirik miqdordagi firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bölgan ikki nafar fuqaroni Özbekistonga ekstraditsiya qilgani xabar qilingandi.