Jamiyat | 10:00 / 08.10.2018
4662
6 daqiqa o‘qiladi

Acıbadem klinikalarida millimetrli aniqlik: kiber-pichoq

Bu jihozdan operatsiya qilish murakkab bo‘lgan yoki an'anaviy nur terapiyasi yordamida davolash mumkin bo‘lmagan o‘smalarda foydalaniladi...

Foto: Acıbadem 

Kiber-pichoq o‘zi nima?

Kiber-pichoq – bu tananing har qaysi qismidagi saratonni davolash uchun mo‘ljallangan robotlashtirilgan radiojarrohlik tizimi. Ushbu tizim yordamida miya va tanadagi saraton to‘qimalarini nurlantirish bog‘lamini fokusli yo‘naltirish tufayli yuqori nurlantirish dozalari bilan davolash mumkin. Kompyuterlar tomonidan nazorat qilinadigan ushbu robot-texnika texnologiyasi orqali qurilma bemor atrofida deyarli o‘ynab aylanadi, bu esa yuzlab turli burchaklardan nurlantirishni ta'minlaydi.

Qisqacha aytganda, Kiber-pichoq – bu sanoatda ishlatiladigan robotga o‘rnatilgan va jarrohlik aralashuvini talab qilmaydigan takomillashtirilgan chiziqli tezlatgich. Ushbu Stereotaksik Radiojarrohligi (SRJ) qurilmasida yuqori nurlantirish dozasi yordamida miya, tana va ayniqsa kirib borish qiyin bo‘lgan joylardagi saraton sohalarini davolash uchun fokal nurlantirish bog‘lamlari qo‘llaniladi va bunda sog‘lom to‘qimalarning eng yuqori himoyasi ta'minlanadi.

U saratonning qaysi turlarini davolashi mumkin?

Kiber-pichoqdan tana va miyaning har qaysi qismidagi ham xavfli, ham bezarar o‘smalarni davolash uchun foydalaniladi va u o‘pka, prostata, bosh-bo‘yin, umurtqa, oshqozonosti bezi, metastazalar, kichik hajmdagi o‘smalar holatida, o‘pka yoki jigar o‘smalari va boshqa saratonlarni davolashda qo‘llaniladi:

Endilikda ushbu metod ilgari bajarilgan aksariyat operatsiyalarning o‘rnini egalladi

Radioterapiyaning Kiber-pichoq tizimi avval o‘smalarni davolashda ishlatilgan jarohat yetkazuvchi operatsiyalar o‘rniga, shuningdek operatsiya qilib bo‘lmaydigan deb hisoblanadigan o‘smalar holatida ishlatiladi: ushbu turdagi o‘smalar uchun Radioterapiyaning Kiber-pichoq tizimi bemorga zarar yetkazmasdan xavfsiz qo‘llaniladi.

Foto: Acıbadem 

Kiber-pichoq bilan davolashning o‘ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?

  1. U operatsiya qilib bo‘lmaydigan o‘smalar yoki murakkab jarrohlik aralashuvini talab qiladigan o‘smalarni davolash uchun bemorlarga tanlash imkonini ta'minlaydi.
  2. Uning yordamida millimetrgacha aniqlikda ta'sir qilish yo‘li bilan o‘sma atrofidagi sog‘lom to‘qimaning shikastlanishini kamaytirish mumkin.
  3. Kiber-pichoq bilan davolashni, bemorning holatiga qarab, ham bir marta, ham 5 ta seansgacha o‘tkazish mumkin.

Davolashni rejalashtirish Acıbadem ko‘p tarmoqli jamoasi tomonidan amalga oshiriladi

Davolash og‘riqsiz. Shu sababli anesteziya qilishga hojat qolmadi, bemorlar davolash vaqtida og‘riq yoki og‘riqli hislarni sezmaydilar.

Muolaja vaqtida bemorning harakatlanishi, ayniqsa bosh va tana sohasida cheklanganida hech qanday noqulayliklar keltirib chiqarmaydigan suvda eruvchan plastik niqoblar va maxsus karavotlar ishlatiladi.

Kiber-pichoq bilan davolashda bemor klinikada statsionar bo‘lishi talab qilinmaydi. Odatda, bemorlar seansdan so‘ng darhol me'yordagi hayotga va o‘z ishiga qaytadilar.

Kiber-pichoq radiojarrohlik tizimining asosiy qismlari deb, 6 ta yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi bemorning avtomatlashtirilgan karavoti hamda rentgen suratini bajaruvchi va 6-moslanuvchan sanoat robotida joylashgan chiziqli tezlagich hisoblanadi. Kiber-pichoq kompyuter tomonidan nazorat qilinadigan robotlashtirilgan tizimni birlashtirish yo‘li bilan, vizualizatsiya yordamida nishonning joylashishini aniqlagan holda, nurlantirishni bajarish imkonini beradi.

Foto: Acıbadem 

U bilan ko‘p sonli o‘smalarga bir vaqtning o‘zida ta'sir ko‘rsatish mumkin

Kiber-pichoq hech qanday jarrohlik operatsiyalarsiz bemorning yuziga plastik niqobni joylashtirish yo‘li bilan bemorda qo‘llaniladi. Davolash vaqtida bemor robot tomonidan boshqariladigan va 6 ta yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchan karavot ustida yotadi. O‘sma joylashgan joyni aniqlaydigan va o‘sma harakatlanishini kuzatib boradigan hamda zarur bo‘lganda bemorning holatini o‘zgartiradigan tasvirni yozish tizimi ishlatiladi. Ushbu davolash vaqtida bemorga nafas olmay turish yoki to‘xtatmasdan nafas olish kerak emas. Tizim davolashdan oldin qilinadigan kompyuter tomografiyasi va magnit-rezonans tasvirlarini davolash vaqtida real vaqtdagi tasvirlar bilan solishtiradi. Shu orqali olingan o‘sma koordinatalari real vaqtda kompyuter yordamida baholanadi, so‘ng esa nurlantirish dozasi o‘rnatiladi. Shunday qilib, bemorning kichikroq harakatlari davolashga ta'sir qilmaydi.

Har bir bemorga maslahat olishda va Turkiyaga davolanish uchun jo‘nab ketishda yordam beradigan Acıbadem tibbiyot klinikasining Toshkent shahridagi vakolatxonasi ofisi quyidagi manzilda joylashgan.

Foto: Acıbadem 

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak Yo‘li mavzesi, 19 uy.

Telefon: (+99 895) 144 54 45

Shuningdek sayt yoki rasmiy vakolatxona orqali buyurtmani jo‘natib, Acıbadem yetakchi shifokorlarining mustaqil maslahatini olish mumkin: www.acibadem.com.ru

Reklama huquqi asosida

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid