Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Global iqlim o‘zgarishi qanday falokatli oqibatlarga olib kelishi tasvirlab berildi
Foto: REUTERS
Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha BMT hukumatlararo ekspertlar guruhi (IPCC) parnik gazlarni chiqarib tashlash hozirgi darajada saqlanib qolsa, sayyorani qanday oqibatlar kutayotgani tasvirlab berilgan hisobotni e'lon qildi.
Hisobotni tuzishda iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 6 mingdan ortiq ilmiy ishlarni tahlil qilgan 40ta mamlakatdan bo‘lgan olimlar ishtirok etishdi. Unda bildirilishicha, o‘rmon yong‘inlari, qurg‘oqchilik, hosilsizlik va marjon qoyalarning yo‘q bo‘lib ketishi kabi tabiiy ofatlar Yerga 2040 yilga kelib jiddiy tahdid uyg‘otadi, ya'ni hozirgi avlod hayoti davrida.
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, parnik gazlar chiqarib tashlanishining hozirgi darajasi saqlanib qoladigan bo‘lsa, 2040 yilga kelib atmosfera o‘rtacha harorati 1,5 darajaga ko‘tariladi hamda bu ilgari taxmin qilinganidan ancha oldin yuz beradi. Shu bilan birga, «haroratning bir yarim daraja o‘sishini cheklash barcha ijtimoiy sohalarda tez, uzoq muddatli va misli ko‘rilmagan o‘zgarishlarni talab qiladi», - deyiladi hisobotda.
Hisobot mualliflarining baholashicha, global miqyosda iqlim o‘zgarishi oqibatida yuzaga keladigan zarar 54 trillion dollarni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq falokatli qurg‘oqchilik yaqinlashib kelayotgani taxmin qilingandi.
Mavzuga oid
15:58 / 11.02.2026
BMT Bosh assambleyasi rahbari Berbok BMT nizomiga amal qilishga chaqirdi
15:14 / 06.02.2026
BMTning inson huquqlari bo‘yicha komissari: “Biz - tirik qolish rejimidamiz”
22:43 / 30.01.2026
BMT «muqarrar moliyaviy inqiroz» xavfi ostida ekani ma’lum bo‘ldi
21:10 / 21.01.2026