Xitoylik olimlar global örtaça haroratning ösişi sabab kelib çiqadigan qurğoqçilikka nisbatan zaif bölgan sayyoradagi mintaqalarni ma'lum qilişdi. Tegişli limitlardan oşib ketiladigan bölsa, suvdan foydalaniş imkoniyati butun dunyo böylab kamayadi. Bu haqda Phys.org’dagi matbuot uçun xabarnomada aytiladi.
Global harorat suvdan foydalaniş imkoniyatiga qanday ta'sir qilişini baholaş uçun tadqiqotçilar tabiatda oddiy iqlim şaroitida suv aylanişining holatini tasvirlaydigan nazariy modelni qöllaşdi. Olimlar 2015 yilgi Parij bitimi bilan nazarda tutilgan turli xil ssenariylardagi sikl bilan nima sodir bölişini aniqladilar. Unga köra, global örtaça harorat ösişi iqlim özgarişining falokatli ssenariysi oldini oliş uçun Tselsiy böyiça 1,5 daraja bilan çeklanişi lozim.
Maqsadga erişilsa, Şarqiy va Janubiy Osiyo, Şarqiy va Ğarbiy Afrika, şuningdek, Markaziy Yevropa kabi hududlarda çuçuk suvdan foydalaniş imkoniyatining pasayişi mötadil böladi. Şu bilan birga, uşbu ssenariyda Şimoliy Osiyo, Janubiy Afrika, Janubiy Yevropa, Örta Yer dengizi, Grenlandiya, Islandiya va Alyaskada taqçillik paydo böladi. Harorat ösişi çegarasi oşib ketsa, butun dunyo böylab suv ta'minoti miqdori kamayadi va 117 million kişi qurğoqçilikdan aziyat çekadi.












