BMT Bosh Assambleyasi Falastinni to‘laqonli a’zo sifatida tan olishni qo‘llab-quvvatladi
Bosh Assambleya Falastinni BMT to‘laqonli a’zosi sifatida tan olishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Ammo yakuniy qaror BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan qabul qilinishi kerak.

Foto: Reuters
BMT Bosh Assambleyasi Falastin davlatining tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lish huquqini tan olish haqidagi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi. Bu haqda Reuters yozdi.
Rezolyutsiyani 143 ta davlat yoqlab chiqdi, 9 tasi (AQSh va Isroil bilan birga) qarshi chiqdi, yana 25 ta davlat betaraf qoldi.
Rezolyutsiya BMT Xavfsizlik Kengashidan Falastinning tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida kirishini qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi.
Nomzod davlat BMT to‘laqonli a’zosi bo‘lishi uchun avvalo Xavfsizlik Kengashi tegishli rezolyutsiyani ovozlarning uchdan ikki qismi bilan qabul qilishi kerak. Keyin bu qaror, shuningdek, ovozlarning uchdan ikki qismi bilan - Bosh Assambleya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi lozim.
2024 yil aprel oyida BMT Xavfsizlik Kengashi Falastinning tashkilotga a’zo bo‘lishi bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qilmadi. Shu vaqtda 12 davlat rezolyutsiyaga qarshi ovoz berdi, ikkitasi (Buyuk Britaniya va Shveytsariya) betaraf qoldi, ammo Qo‘shma Shtatlar hujjatga veto qo‘ydi.
Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan hujjat Falastinga bir qator protsessual huquqlarni ham beradi – mamlakat Yaqin Sharq mavzulari bo‘yicha yig‘ilishlarda o‘zini ma’ruzachilar ro‘yxatiga kiritishi, bir guruh davlatlar nomidan tuzatishlar kiritish va protsessual takliflar kiritishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, Falastin Bosh Assambleya majlislar zalidan doimiy joy oladi.
Falastin ayni damda BMTda kuzatuvchi davlat maqomiga ega. Mamlakat bu maqomni 2012 yilda olgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili
O‘zbekiston | 23:31
-
Google delfinlar bilan muloqot qilish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi
Fan-texnika | 23:21
-
Yaponiya aholisi yarim million kishiga qisqardi
Jahon | 22:43
-
Eronning yadro dasturi: Tramp nega o‘zi barbod qilgan bitimni tiklamoqchi?
Jahon | 21:53
Mavzuga oid

12:10
Yevroittifoq falastinliklarga yordam uchun 1,6 mlrd yevro ajratdi

10:47 / 11.04.2025
Isroil bilan to‘qnashuvdan so‘ng HAMASdan nima qoldi?

11:58 / 09.04.2025
BMT 13 mingga yaqin ukrainalik tinch aholi halok bo‘lganini tasdiqladi

22:18 / 07.04.2025