Xorijiy terrorçi jangçilarning xalqaro tinçlikka tahdidiga javoban, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Xavfsizlik Kengaşi 2014 yil qabul qilgan 2178- va 2017 yil tasdiqlagan 2396-rezolyutsiyalar bilan a’zo davlatlar, xalqaro huquqqa muvofiq, vatanga qaytgan yoki u davlatdan bu davlatga köçib ötgan xorijiy terrorçi jangçilar va ularning oila a’zolarini qonuniy sudlov yöli bilan ta’qib qiliş, ularni reabilitatsiya va reintegratsiya qiliş böyiça aniq, keng qamrovli maxsus va kompleks strategiyalarni işlab çiqiş hamda amalga oşirişga çaqirildi.

Uşbu yönalişda, 2018 yilda terroristik, ekstremistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilot va guruhlar tarkibiga adaşib kirib qolgan Özbekiston fuqarolarining murojaatlarini körib çiqiş böyiça Respublika idoralararo komissiyasi tuzildi.

2018 yil 1 noyabrdan terroristik, ekstremistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilot va guruhlar tarkibiga adaşib kirib qolgan fuqarolarni Komissiya xulosasiga asosan jinoiy javobgarlikdan ozod etiş tartibi joriy etildi.

Voyaga yetmaganlar va yoşlar orasida ekstremizm va terrorizm ğoyalari tarqalişining oldini oliş, uzoq muddat xorijda bölgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm ğoyalari ta’siridan himoya qiliş, internet tarmoğidan ekstremistik va terrorçilik maqsadlarida foydalanişga qarşi kuraşiş 2021–2026 yillarga möljallangan ekstremizm va terrorizmga qarşi kuraşiş böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy strategiyasining ustuvor yönalişlari etib belgiladi.

Mazkur yönalişda normativ-huquqiy hujjatlarning işlab çiqilişida Adliya vazirligi ham iştirok etib, avvalo, har qanday vaziyatda ham Özbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qiliş nuqtai nazaridan yondaşilgan.

Bu borada jabr körgan har bir fuqaroning kelgusi hayotida öz örnini topişi hamda ularga barça şaroit va imkoniyatlarni yaratiş maqsadida qonun hujjatlariga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan.

2019 yildan boşlab “Mehr” gumanitar operatsiyasining 5 bosqiçi taşkil etilib, ular doirasida mamlakatimizning turli hududlaridan Suriya, Iroq, Afğoniston va boşqa hududlarga çiqib ketib, jangovar harakatlarda iştirok etgan 531 nafar ayollar va bolalar Özbekistonga qaytarildi.

Repatriatsiya qilingan şaxslar qaytib kelgaç, birinçi navbatda, ayollar va bolalar reabilitatsiyadan ötkazildi, söngra ularning oilalari va jamoalariga tinç (qayta) integratsiyalaşuviga kömaklaşiş böyiça aniq çoralar körildi.