Jahon | 20:49 / 08.10.2018
20679
1 daqiqa o‘qiladi

Italiya ichki ishlar vaziri Yevropaning “asl dushmanlari” kimligini aytdi

Foto: AFP 2018 / Philippe Huguen

Italiya ichki ishlar vaziri Matteo Salvinining aytishicha, Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker va Bryusseldagi qog‘ozbozlar Yevropaning haqiqiy dushmanlari hisoblanadi.

“Biz Yevropaning dushmanlari Yunker va Moskovisiga (ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha yevrokomissar Per Moskovisi) qarshimiz”, deb aytgan Salvini.

Salvinining aytishicha, Bryussel tomonidan ilgari surilayotgan qat'iy tejamkorlik siyosati Italiya qarzining oshishi va mamlakatning qashshoqlashuviga olib kelgan. 

Salvini Yevropa Ittifoqi rahbarlarini tanqid qilib kelishi bilan ma'lum. U o‘tgan haftada Yevrokomissiya rahbari “Yevropa va Italiyani barbod qilganini” aytgan. Salvini 2019 yil mayida Yevroparlamentga saylovlardan keyin ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishiga umid bildirgan. 

Mavzuga oid