Italiya taşqi işlar vazirligi propagandaçi Vladimir Solovyovning mamlakat boş vaziri Jorjia Meloni haqidagi haqoratli bayonotlari tufayli Rossiya elçisi Aleksey Paramonovni çaqirtirdi.

Italiya taşqi işlar vaziri Antonio Tayanining X ijtimoiy tarmoğidagi postida aytilişiça, Paramonovga Solovyovning «öta jiddiy va haqoratli bayonotlari» munosabati bilan rasmiy protest bildiriladi. Vazir boş vazirni qöllab-quvvatlagan va u bilan «töla birdamligi»ni bildirgan.

Solovyov «Solovev Live» yutub-kanalidagi şousida Meloni manziliga avvaliga italyançada haqoratli sözlar aytgan, keyin esa rusçasiga uni «öz saylovçilariga xiyonat qilgan faşist maxluqi» va «insoniyat uçun isnod» deb atagan. «Xiyonat – uning ikkinçi ismi: u özi sadoqat izhor etgan Trampga xiyonat qildi», – degan u.

Italiya prezidenti Serjio Mattarella ham Meloni bilan birdamligini aytgan va rossiyalik teleboşlovçining sözlarini «qöpollik» deb baholagan.

Jorjia Melonining özi esa Solovyovning sözlariga ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida javob qaytarib, «rejimning aşaddiy tarğibotçisi na izçillik, na erkinlik borasida saboq berişga haqli» ekanini qayd etgan.

«Boşqalardan farqli ölaroq, heç kim bizning ipimizdan tortmaydi, xöjayinimiz yöq, bizga buyruq ham berişmaydi. Bizda faqat bitta möljal bor: Italiya manfaatlari», – degan Meloni.

Rossiyaning Italiyadagi elçisi Aleksey Paramonov özining TIVga çaqirilişini «ustunga zarba» deb atagan. U Rossiya rahbariyati vakillaridan heç kim Meloni xonim manziliga ham, Italiya manziliga ham haqoratli sözlar aytmaganini qayd etgan.

«Taşqi işlar vazirligiga çaqiriş uçun hozirgi sababni – taniqli rossiyalik jurnalist, garçi juda iste’dodli va xalq orasida maşhur bölsa-da, özining şaxsiy onlayn kanalida aytgan sözlarni – 
diplomatik amaliyotda qabul qilingan deb hisoblaş qiyin», – degan elçi.

Solovyovning boş vazir haqidagi sözlarini Italiya naşrlari ham e’tiborsiz qoldirmadi. Xususan, La Repubblica va Domani naşrlari, ANSA agentligi Meloniga qilingan haqorat haqida yozdi.

Italiya sobiq boş vaziri Juzeppe Konte va muxolifatdagi Demokratik partiya yetakçisi Elli Şleyn ham Melonini qöllab-quvvatlagan.

Propagandaçi Vladimir Solovyovning tajovuzkor uslubi va teleboşlovçining ayollarga nisbatan bepisand, köpinça haqoratli sözlari ötgan haftada ham e’tibor markazida bölgandi.