09:03 / 09.10.2018
9007

Izsiz g‘oyib bo‘lgan jurnalist. Pompeo Saudiyaga chaqiriq bilan chiqdi

Foto: Mark J. Terrill/AP

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya Arabistoni hukumatini yo‘qolib qolgan saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchi bilan bog‘liq holatni jiddiy tekshiruvdan o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda RIA «Novosti» Davlat departamenti matbuot xizmatiga asosan xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Pompeo, shuningdek, Ar-Riyodni surishtiruv natijalarining oshkoraligini ta'minlashga ham chaqirdi.

Ta'kidlanishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Saudiya Arabistoni Qoshiqchining yo‘qolib qolishi bo‘yicha vaziyatni diplomatik kanallar orqali muhokama qilishgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp yo‘qolib qolgan saudiyalik jurnalistning taqdiridan tashvishga tushgandi.

Qo‘shma Shtatlar prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bu holat «uni tashvishga solmoqda». Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaqtda «hech kim bu haqda hech narsa bilmaydi».

Mavzu
Jamol Qoshiqchining o‘limi
The Washington Post nashri uchun ishlaydigan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketgach, izsiz yo‘qoldi
Barchasi
Mavzuga oid
Top