Saudiya Arabistonining SPA rasmiy axborot agentligi ma’lumotlariga köra, vafot etganlarning törtdan uç qismidan köproğida Haj ruxsatnomasi bölmagan. Hajda jami 1 million 830 mingga yaqin ziyoratçi qatnaşgan bölsa, şundan 1 million 600 mingdan ortiği xorijdan kelgan. 

Hajda ölimlar sonining köpligi haddan taşqari issiq ob-havo şaroiti bilan izohlanmoqda. Bu haqda BBC yozdi. Xususan, Makkada soyadagi havo harorati 51 darajadan oşib ketgan va keçasi faqat vaqti-vaqti bilan 40 darajadan pastga tuşgan. 

Köplab ziyoratçilar, ayniqsa keksalar yoki kasallar, soya topib bölmaydigan keng oçiq joylarda jazirama bilan kuraşgan. Ayrim ziyoratçilarning Hajga noqonuniy, tegişli ruxsatnomasiz kelgani ham ularning tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatlarini keskin çeklab qöygan. 

Qayd qilinişiça, ruxsatnomasi bölmagan ziyoratçilar yordamga muhtoj bölsa ham, jazolanişdan qörqib, rasmiylarga murojaat qilişdan qoçgan bölişi mumkin, bu esa transport oqimini boşqariş va tibbiy yordam körsatişni qiyinlaştirgan. Bu Haj vaqtida ölim körsatkiçi yuqori bölişining asosiy omillaridan biri, deb hisoblanmoqda. 

Arab diplomatlaridan biri bergan ma’lumotga köra, halok bölgan 630 nafardan ortiq misrliklarda tegişli ruxsatnoma bölmagan. Saudiya Arabistoni rasmiylari noqonuniy ziyoratga qarşi kuraşişga harakat qilmoqda. Ammo qançalik muvaffaqiyatli ekani noma’lum. 

Ziyoratçilarning keksa, nogiron yoki surunkali kasali borligi yana bir omil sifatida körsatilgan. Köpçilik ziyoratçilar umrining oxirida Haj ziyoratiga boradi, ba’zilar Haj safarida «öliş baxtiga muyassar böliş»dan umidvor böladi. Masalan, Bangladeşdagi musulmonlar jamoati Haj vaqtida ölimni katta yutuq deb biladi, çunki bu marhumga alohida maqom beradi. Saudiya Arabistonidagi Al-Boqiy qabristoniga Muhammad payğambar asos solgani aytiladi, bu uni musulmonlar uçun orzu qilinadigan dafn joyiga aylantiradi. 

Şu bilan birga, odamlarning köpligi va sanitariya muammolari, transport muammolari, tibbiy yordamning keçikişi ham ölimlar sonining köpligi bilan izohlanmoqda. 

Ta’kidlanişiça, ziyoratçi Haj vaqtida vafot etsa, uning ölimi haqida qarindoşlariga xabar qilinadi. Keyin jasad yuviladi, kafanga öraladi va Saudiya hukumati tomonidan taqdim etilgan muzlatgiçlarga taşiladi. Dafn marosimlari maşhur masjidda ötkaziladi, ammo qabrning özi oddiy böladi, ba’zida bir neçta jasadlar birgalikda dafn etiladi. Qabristonlarda har bir dafn qilingan şaxs haqida batafsil ma’lumot yozib qöyiladi, marhumning oilasi uni ziyorat qilişi mumkin.