Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yo‘qolib qolgan saudiyalik jurnalistning taqdiridan tashvishga tushdi
AQSh prezidenti Donald Tramp saudiyalik muxolifatchi jurnalist Jamol Qoshiqchining Turkiyada izsiz yo‘qolishidan tashvishda ekanini bildirdi. Bu haqda RIA «Novosti» Oq uy matbuot xizmatiga tayanib xabar beradi.
Qo‘shma Shtatlar prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bu holat «uni tashvishga solmoqda».
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi vaqtda «hech kim bu haqda hech narsa bilmaydi».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Saudiya Arabistoniga Istanbulda joylashgan mamlakat bosh konsulxonasida tintuv o‘tkazishga ruxsat berishni so‘rab murojaat qilgandi.
Bunday murojaat saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining izsiz yo‘qolishi bilan bog‘liq. Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, tintuv o‘tkazish iltimosi tufayli Turkiya tomoni Saudiya Arabistonining mamlakat hududidagi elchisini chaqirtirgan.
Mavzuga oid
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026
D guruhi tanishtiruvi. Mezbon AQSh kimlar bilan o‘ynaydi?
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026