Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda Shavkat Mirziyoyevni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda
Fransiya poytaxti Parij shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasman kutib olish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.


O‘zbekiston va Fransiya davlat madhiyalari yangradi. Marosimda mamlakat delegatsiyasi a'zolari ham hozir bo‘ldi.

Shundan so‘ng davlat rahbari Fransiya Respublikasi prezidentining Yelisey saroyiga yo‘l oldi.
Muzokaralar kun tartibidan siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va moliyaviy sohalardagi amaliy hamkorlikni rivojlantirish, turli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashuvlarni faollashtirish masalalari o‘rin olgan.
Uchrashuvlar yakunida hukumatlararo va idoralararo 10dan ortiq hujjat, jumladan, iqtisodiyot, moliya, transport, turizm, ekologiya, madaniyat va san'at sohalarida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
15:29 / 03.04.2026
Tramp Makron va uning rafiqasini masxara qildi. Fransiya yetakchisi javob qaytardi
21:34 / 01.04.2026
Fransiya prezidenti Falastinning birinchi elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi
13:22 / 23.03.2026