O‘zbekiston | 18:20 / 09.10.2018
11113
1 daqiqa o‘qiladi

Sog‘liqni saqlash vaziri bilan suhbat uchun savollar qabul qilinadi

«Kun.uz» sayti O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov bilan suhbat-intervyu uyushtiradi.

Sayt o‘quvchilaridan ham vazirga savol va murojaatlar qabul qilinadi.

Kelib tushgan savollar dolzarbligiga qarab saralanadi. O‘quvchilardan shaxsiy masalalarda emas, umumiy muammolar bo‘yicha savol yo‘llash so‘raladi.

Savollarni [email protected] elektron manziliga yuborish yoki telegramda +998 (95) 146 23 23 raqami orqali yo‘llash mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid