Toşkent tibbiyot akademiyasi rektori Alişer Qayumoviç Şodmonov Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

A. Şodmonov 1962 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1985 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2009–2010 yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining öquv işlari böyiça prorektori, 2010–2015 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimlarida mehnat qilgan.

2015–2017 yillarda Oliy Majlis qonunçilik palatasi deputati, qömita raisi bölgan. 2017–2020 yillarda Soğliqni saqlaş vaziri lavozimida işlagan.

Tibbiyot fanlari doktori, professor A. Şodmonov 2020 yil noyabrida Toşkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlangandi.

U ayni vaqtda rektorlikni ham saqlab qolgan.