Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda milliarderlar soni keskin kamaydi
Foto: Tyrone Siu / Reuters
Xitoyda so‘nggi 20 yil ichida milliarderlar soni rekord darajada pasaydi. Mamlakatning eng boy odamlari ro‘yxatini Hurun jurnali e'lon qildi.
Xabar qilinishicha, 2018 yilda ro‘yxatga 1893 kishi kirgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 11 foizga kam, o‘shanda unda 2130 kishining nomi qayd etilgandi. 456 kishi mamlakatning eng boy odamlari ro‘yxatidan chiqib ketdi, bu yigirma yil ichidagi eng ko‘p miqdorga aylandi. Shu bilan birga, unda 219ta yangi ism paydo bo‘ldi.
Eng boy xitoylikka Alibaba Group asoschisi Jyek Ma aylandi. Uning boyligi 39 milliard dollarga baholandi, bu o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga ko‘p.
Foto: REUTERS
Mamlakatda jami 620 nafar dollardagi milliarder bor. Bu 2017 yilga qaraganda kamroq, lekin besh yil oldingi darajadan ikki barobar va 10 yil oldingi ko‘rsatkichdan olti barobar ko‘p. Ta'kidlanishicha, 20 yil oldin mamlakatda bir nafar ham dollardagi milliarder bo‘lmagan. Xitoydagi eng boy odamlar umumiy sonidan 28,7 foizi ayollardir, bu so‘nggi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkichga aylandi.
Mavzuga oid
07:40 / 25.03.2026
Dunyoda eng ko‘p milliarderlar tug‘ilgan shaharlar ma’lum qilindi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
22:36 / 10.03.2026
Forbes milliarderlarning 2026 yilgi yangi reytingini e’lon qildi
07:37 / 09.02.2026