Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Somalida jangarilar uch amerikalik va bir britaniyalikni qatl etishdi
Foto: Getty Images
Somalida faoliyat yurituvchi «ash-Shabob» radikal guruhi josuslik bilan shug‘ullangan uch nafar amerikalik va bir nafar britaniyalikni qatl etgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Qatl etish Markaziy Jubba provinsiyasidagi Jilib shahrida joylashgan maydonda amalga oshirilgan. Bu haqda «ash-Shabob» o‘zi tomonidan nazorat qilinuvchi radiostansiya efirida xabar berdi.
Mahalliy aholi xabarlariga qaraganda, chet elliklarni ustunlarga bog‘lab qo‘yishgan va hukmni e'lon qilib, otib tashlashgan.
«Ash-Shabob» «Al-Qoida» xalqaro terrorchilik tashkilotining qanoti hisoblanadi. Somali va undan tashqarida harakat qiladi. 2014 yilda «ash-Shabob» jangarilari o‘z nazoratidagi hududlarning aksariyat qismini yo‘qotdilar, ammo teraktlar sodir etishni davom ettirdilar.
Mavzuga oid
23:30 / 31.12.2025
Tramp dunyodagi ehtimoliy «eng yomon» davlatni aytdi
21:51 / 26.12.2025
Isroil dunyoda birinchi bo‘lib Somalilend mustaqilligini tan oldi
22:21 / 09.12.2025
Xitoy moliya kompaniyasining sobiq rahbari poraxo‘rlik uchun qatl etildi
21:23 / 04.12.2025