Sport | 19:43 / 11.10.2018
8556
1 daqiqa o‘qiladi

Muhammad Saloh jazodan qutulib qoldi

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh transport vositasini boshqarayotganida mobil telefondan foydalangani uchun jazolanmaydi.

«Surishtiruv o‘tkazildi va ayblov e'lon qilish uchun yetarli dalil to‘planmadi, shu tufayli, bu ish to‘xtatiladi.

Saloh bilan suhbat o‘tkazildi, unga rulda mobil telefondan foydalanmaslik haqida tavsiya berildi», – deb politsiya so‘zlarini keltirmoqda ESPN.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, «Liverpul» klubi Muhammad Salohning rulda mobil telefonda suhbatlashib ketayotgani videosini politsiyaga taqdim qilgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid