Jahon | 12:34 / 11.10.2018
10818
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp: Janubiy Koreya AQShning ruxsatisiz KXDRga qarshi sanksiyalarni bekor qilmaydi
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, Janubiy Koreya AQShning ma'qullovisiz KXDRga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilmaydi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya hukumati Qo‘shma Shtatlarning ma'qullovisiz hech qanday qadamlarni qo‘ymayapti va qo‘ymaydi.
«Ular (Janubiy Koreya) bizning roziligimizni olmay turib sanksiyalarni bekor qilishmaydi», - deya aytib o‘tdi Tramp.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kim Chen In bilan qachon uchrashishini aytgandi.
Uning ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan yangi uchrashuvi Amerika kongressiga saylovlardan keyin yuz beradi.
Mavzuga oid
10:28
AQShda sherif sudyani otib o‘ldirdi
22:28 / 19.09.2024
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Xitoy bilan urushga tayyorgarlik rejasini e’lon qildi
21:59 / 19.09.2024
Eronlik xakerlar Bayden shtabiga Tramp haqida ma’lumotlar yuborgani ma’lum bo‘ldi
18:21 / 19.09.2024