Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuror yordamchisiga 2,5 ming dollar pora taklif qilgan hisobchi ushlandi
Qashqadaryo viloyat prokuraturasi ichki xavfsizlikni ta'minlash bo‘limi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Shahrisabz tumani bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida yirik miqdorda pora berish jinoyatining oldi olindi.
12 oktabr kuni soat 14:15 da Shahrisabz tuman xalq ta'limi bo‘limi bosh hisobchisi X.Jo‘rayev Shahrisabz tumani prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tekshirish yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik va jinoiy javobgarlikka tortmaslik evaziga Shahrisabz tumani prokurori yordamchisi S.G‘aybullayevning xizmat xonasida unga 2500 (ikki ming besh yuz) AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ushlangan.
Bosh prokuraturaning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi vaqtda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:49 / 30.12.2025
Farg‘onada sud boshqaruvchisi yordamchisi pora bilan ushlandi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:41 / 24.12.2025
Xivada IIB xodimi pora olayotganda ashyoviy dalillar bilan ushlandi
08:20 / 22.12.2025