Jamiyat | 09:29 / 15.10.2018
17973
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ilk marotaba lazerli shou bo‘lib o‘tadi

Foto: desktopbackground.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkillashtiriladigan «Do‘stlik festivali» doirasida poytaxtda birinchi marotaba «Lazerli shou» bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi shahar hokimligi matbuot xizmati.

Festival uch kun davomida bo‘lib o‘tadi.

18 oktabr kuni soat 18:00dan boshlab «Xalqlar do‘stligi» saroyi oldidagi maydonda lazerli shou o‘tkaziladi. 19 oktabr - soat 18:00da A.Navoiy nomidagi teatr binosi oldidagi maydonda. 20 oktabr - soat 18:00dan boshlab Oloy bozori oldidagi maydonda.

«Do‘stlik festivali» shaharning bir necha joylarida o‘tkaziladi:

1) Sayilgoh (Brodvey). «Ijodiy kechalar» (16-21 oktabr, soat 11:00dan 23:00gacha);
2) UCELL ofisi qarshisidagi avtoturargoh. «Avto-moto shou» (18-20 oktabr, soat 15:00dan 23:00gacha);
3) A.Navoiy nomidagi teatr binosi oldidagi maydon. «Teatr san'ati kechalari» (18-21 oktabr, 18:00dan 22:00gacha);
4) Oloy bozori oldidagi maydon. «Mingta va bitta peshtaxta» (16-21 oktabr, soat 11:00dan 23:00gacha);
5) «Istiqlol» saroyi oldidagi maydon. Kontsert (18-20 oktabr, soat 18.00dan 22.00gacha);
6) CENTRAL PARK. Musiqa festivali (21 oktabr, 18:00dan 23:00gacha);
7) A.S. Pushkin nomidagi yodgorlik oldidagi maydon. «She'riy kechalar» (18-20 oktabr, soat 17:00dan 20:00gacha). 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid