Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha sobiq vaziri: Germaniya va Rossiya bo‘ynimizga sirtmoq tashlamoqchi
Foto: REUTERS
Polsha Mudofaa vazirligi sobiq rahbari Antoni Macherevichning ma'lum qilishicha, Rossiya va Germaniya o‘rtasida «Shimoliy oqim - 2» gaz quvuri bo‘yicha hamkorlik Polsha hamda Markaziy Yevropaga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. U bu haqda TVP1 telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Macherevichning fikriga ko‘ra, agar Rossiya va Germaniya ikkinchi «Shimoliy oqim» qurilishida hamkorlik qilishni davom ettirsa, unda Polsha Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan ittifoqchilikka e'tibor qaratishi lozim bo‘ladi.
«Germaniya Rossiya bilan ittifoqchilik siyosatini olib bormoqda va ular birgalikda «Shimoliy oqim» yordamida bo‘ynimizga sirtmoq ilmoqchi. Ular ham Polshani, ham Markaziy Yevropani bo‘g‘ib tashlashni istayaptilar», - dedi Macherevich.
Uning ta'kidlashicha, gaz quvuri Polshani Rossiya va Germaniyaning siyosiy hamda iqtisodiy qudratiga «abadiy» qaram qilib qo‘yadi. Shu bilan birga, Macherevichning eslatishicha, Qo‘shma Shtatlar «Shimoliy oqim - 2» qurilishiga qarshi va AQSh mamlakat hududida o‘z harbiy bazalarini joylashtirishiga umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gretsiya ham AQShga harbiy bazalar bo‘yicha taklif bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
15:05
Germaniya: yangi dengiz vertolyoti suvosti kemalariga qarshi kurashni kuchaytiradi
14:43
RF Yevropa sudiga da’volar kiritgan NNTni “nomaqbul” deb e’lon qildi
13:21
Putin Baykal atrofida “sanitar” maqsadda o‘rmonlarni kesishga ruxsat berdi
12:08