Sport | 23:26 / 17.10.2018
5726
2 daqiqa o‘qiladi

Arturo Vidal qamoq jazosidan qutulib qoldi

«Barselona» yarimhimoyachisi Arturo Vidal tungi klubda mushtlashgani uchun 800 ming yevro jarimaga tortildi.

«Bavariya»ning sobiq futbolchisi Myunxen shahridagi Crown Club tungi klubida yuz bergan mojaro yuzasidan sud mahkamasiga chaqirildi. Ammo u kasbiy sabablarga ko‘ra sudga kelmadi: futbolchi Chili terma jamoasi bilan Meksikada mahalliy terma jamoaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etgan edi.

Natijada, futbolchiga sirtdan hukm chiqarilib, 800 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi. Uning maoshi oyiga 300 ming yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Vidal o‘z ukasi Sandrino bilan 2017 yilning 17 sentabr kuni shahardagi tungi klublardan birida dam olayotganida, bir guruh shaxslar bilan mojaroga borib, mushtlashuv uyushtirgan, oqibatda bir kishi jarohat olgan edi. Ta'kidlanishicha, jarohat olgan shaxsning boshiga butilka bilan zarba berilgan, shundan so‘ng u politsiyaga Vidalning ustidan ariza bilan murojaat qildi. Futbolchiga olti oydan to‘qqiz oygacha bo‘lgan muddatga qamoq jazosi tahdid qilayotgan edi.

Mavzuga oid