Jahon | 09:52 / 17.10.2018
6563
1 daqiqa o‘qiladi
Venesuela dollarni valyuta bozorida sotishdan bosh tortdi
Venesuela vitse-prezidenti Tarek Al-Ayssamining ma'lum qilishicha, mamlakat AQSh sanksiyalari tufayli dollarni valyuta bozorida sotishni to‘xtatadi. Bu haqda RT xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh tomonidan joriy etilgan cheklovlar valyuta bozorida dollar savdosini davom ettirish imkoniyatini «bloklaydi».
«Bu xalqaro huquqqa zid bo‘lgan noqonuniy cheklovdir», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Al-Ayssami.
Shuningdek, amaldorning aytishicha, Venesuela yevroga o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela Maduroga suiqasdda gumonlangan shaxs o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
21:33 / 29.10.2024
Oltinga qiziqishning oshayotgani dollar dominantligiga soya soladi - FT
20:37 / 24.10.2024
Saxarov mukofoti Venesuela demokratik harakati yetakchilariga berildi
19:36 / 24.10.2024
Qozondagi sammitda BRIKSning ramziy kupyurasi ko‘rsatildi. U ramziyligicha qoladimi?
11:30 / 17.10.2024