Turk politsiyasi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsuli qarorgohida tintuv o‘tkazdi
Turkiyalik tergovchi-kriminalistlar jurnalist Jamoq Qoshiqchining yo‘qolishi bilan bog‘liq holda Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsuli yashaydigan binoni tintuv qilishdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, konsul Muhammad Utaybaning qarorgohi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligidan 2 km uzoqlikda joylashgan.
“Tergovchilar aynan nimani topishni mo‘ljallashgani noaniq, biroq kuzatuv kameralari diplomatik raqamlarga ega avtomobillar Qoshiqchi konsullikka kirgandan 2 soat o‘tgach konsullik va konsul qarorgohi orasida harakatlanganini ko‘rsatgan”, deb ma'lum qilgan axborot agentligi.
Bundan tashqari, politsiyachilar qarorgoh bog‘ida joylashgan quduqni ko‘zdan kechirmoqchi bo‘lishgan. Utaybaning o‘zi 16 oktabrda Saudiya Arabistoniga uchib ketgan.
Avvalroq politsiya konsullik binosini ko‘zdan kechirganda jurnalistning o‘ldirilganini isbotlovchi dalillar aniqlagani hamda mahalliy jurnalistlarda jurnalistning konsullikda so‘roq qilingani va qiynoqqa solingani audioyozuvi borligi ma'lum qilingan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, audioyozuvda Utaybaning muammolar kelib chiqishidan xavotirlanib, jurnalistni konsullikdan tashqarida o‘ldirilishini aytganini eshitish mumkin.
AQShning CNN telekompaniyasi turkiyalik rasmiy manbaga iqtibos keltirgan holda jurnalist konsullikda o‘ldirilib, jasadi bo‘laklanib tashlanganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:38
Saudiyaning asr loyihasiga aylanishi kutilgan Vision 2030 dasturi qiyinchiliklarga duch keldi
08:20 / 11.09.2024
«Umra – 2024» yangi mavsumi boshlandi
09:44 / 29.06.2024
Haj vaqtida 10 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi vafot etgani aytilyapti
18:28 / 24.06.2024