Bir neça kun oldin Saudiya Arabistoni rasmiylari 2024 yilgi Haj mavsumida 1300 dan ortiq odam vafot etganini bildirdi. Gazeta.uz öz manbasiga tayanib, ziyorat çoğida 10 ga yaqin Özbekiston fuqarosi vafot etganini ma’lum qildi.
Hozirça ular aynan qanday sabab bilan vafot etgani aniq emasligi aytiladi.
Kun.uz aniqroq ma’lumot oliş maqsadida Musulmonlar idorasi bilan boğlandi. U yerda idora hojilarning töliq vatanga qaytguniça bu borada aniq ma’lumot bera olmasligi aytildi.
17 iyun kuni Makkadagi Masjid al-Haram masjidida havo harorati soyada 51,8 darajani taşkil qildi, deb xabar berdi Saudiya telekanali. 2700 dan ortiq ziyoratçilarga kuçli issiqlik oqibatida yuzaga kelgan asoratlar tufayli tibbiy yordam körsatildi.
Bu yilgi Haj ziyorati 14 iyun kuni boşlanib, 19 iyun oqşomida tugadi. Saudiya Arabistoni Statistika departamenti ma’lumotlariga köra, hajda 1,8 million ziyoratçi iştirok etdi.
Oxirgi 30 yil içida Haj vaqtida yuzlab odamlar tiqilinçlar, çodirlardagi yonğinlar va boşqa baxtsiz hodisalar tufayli halok böldi.
Ma’lumot uçun, Özbekistondan jami 15 130 nafar ziyoratçi Haj ziyoratini ado etiş uçun Saudiya Arabistoniga borgan.








