O‘zbekiston | 17:33 / 19.10.2018
28308
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev Putinni jahon miqyosidagi buyuk davlat arbobi deb atadi

Foto: Mixail Mettsel/TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Toshkentdagi samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor qildi, shu bilan birga, u O‘zbekiston rahbarining o‘zi haqidagi so‘zlarini biroz bo‘rttirilgan deb atadi, deya xabar bermoqda TASS.

Ikki davlat rahbarlarining Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuni bo‘yicha matbuot uchun qo‘shma bayonotida O‘zbekiston yetakchisi hamkasbi va Rossiya delegatsiyasi vakillarini qutladi.

«O‘zbekistonda bizni Rossiya Federatsiyasining ulkan yutuqlari quvontiradi, ular, birinchi navbatda, jahon miqyosidagi buyuk davlat arbobi Vladimir Vladimirovich Putinning dono, uzoqni ko‘ra bilgan va qat'iy siyosati tufayli amalga oshdi», - dedi Mirziyoyev.

Shuningdek, u Rossiya Federatsiyasi prezidentiga ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan izchil shaxsiy sa'y-harakatlari uchun alohida minnatdorlik bildirdi.

O‘z navbatida, Putin samimiy qabul, shuningdek, samarali muzokaralar uchun O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik izhor qildi.

«Menimcha, Shavkat Miromonovich mening tarixga qo‘shgan hissamni biroz oshirib ko‘rsatdi», - dedi Rossiya rahbari.

Shu bilan birga, uning ko‘rsatishicha, Rossiya tomoni uchrashuv davomida «kelishib olingan barcha narsani» bajaradi. Putinning ishonch bildirishicha, bu ikki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid