O‘zbekiston | 15:29 / 19.10.2018
2133
1 daqiqa o‘qiladi

Rostovda O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochiladi

Rostov-Donda O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochiladi. Bu haqda Rostov oblasti gubernatori matbuot xizmati xabar qildi.

Vasiliy Golubev bu haqda Toshkentdagi «Rossiya va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida mintaqalararo hamkorlik forumi»da bayonot berdi.

Foto: donland.ru

Tadbirda Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

«So‘nggi bir yil ichida Rostov oblasti va O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi deyarli ikki barobarga oshib, 163 million dollardan ko‘proqni tashkil etdi. Respublikaga eksportimiz hajmi uchdan ikki qismga oshdi», - deya ta'kidlab o‘tdi Golubev.

Foto: donland.ru

Gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, Rostovda O‘zbekiston bosh konsulligining ochilishi «yaqin kelajakda» bo‘lib o‘tadi. Qaror federal darajada qabul qilingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid