Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rostov viloyatida Mi-8 harbiy vertolyoti urib tushirildi
Rossiya harbiy Mi-8 vertolyoti Rostov viloyatida 4 mart, chorshanbaga o‘tar kechasi urib tushirilgan, deb xabar qildi Astra Telegram-kanali o‘z manbalariga tayanib.
Foto: Valentin Yegorshin/TASS/dpa
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, bort havo mudofaasi tizimi ishlayotgan vaqtda nishonga olingan. Ekipajning uch a’zosi halok bo‘lgan.
Vertolyot Millerovo tumanidagi Dudki xutoridagi omborxona ustiga qulagan — Millerovo harbiy aerodromidan taxminan 2,5 km masofada. Mi-8da yong‘in chiqqan, mahalliy fermerga tegishli inshoot ham yong‘inda yonib ketgan. Bu ma’lumotni mahalliy aholi va Rossiya FVVdagi manbalar tasdiqlagan.
Rostov viloyati gubernatori Yuriy Slyusar 4 mart kuni ertalab o‘zining Telegram-kanalida mintaqaga uchuvchisiz apparat (dron)lar hujumi bo‘lganini ma’lum qildi — uning aytishicha, Millerovo va Tarasovo tumanlarida bir necha o‘nlab dronlar qaytarilgan. Biroq gubernator vertolyot halokati haqida gapirmagan. Rossiya Mudofaa vazirligi ham mintaqa bo‘yicha harbiy yo‘qotishlar haqida ma’lumot e’lon qilmagan.
Yanvar oxirida “Strategіchna aviatsiya rf” Telegram-kanali Millerovo va Taganrog atrofini Ukraina hududiga ballistik va qanotli raketalar uchirish ehtimoli yuqori bo‘lgan nuqtalar qatorida tilga olgan edi.
Mavzuga oid
09:05
Rossiyadagi vatandosh mahbuslar O‘zbekistonda jazo o‘tashni so‘radi
08:54
Lavrov: Rossiya Kiyevga “tizimli zarbalar”ni boshlaydi
23:10 / 25.05.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 12 barobar oshirilishi kutilmoqda
21:06 / 25.05.2026