Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda «Tolibon» hujumi vaqtida amerikalik general yaralandi
Foto: U.S. Army
Amerika Qo‘shma Shtatlar armiyasi generali Jyeffri Smayli «Tolibon» harakati jangarilarining Afg‘onistondagi hujumi paytida jarohat olgan. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Pentagon xodimining telekanalga tasdiqlashicha, harbiy xizmatchi haqiqatdan ham yaralangan. Biroq, u voqea haqida batafsil ma'lumot bermadi.
Ta'kidlanishicha, Smayli hozirda jarohat olganidan so‘ng tiklanmoqda. U Qandahor gubernatori qarorgohiga toliblarning hujumi paytida yaralangani aytiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tolibon» asoschilaridan biri Xitoydan yordam so‘ragandi.
«Tolibon» harakati asoschilaridan biri hisoblangan Mavlono Sami ul-Haq Xitoyni Afg‘onistondagi urushni tugatish uchun muzokaralarda ishtirok etishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Pekinning 17 yil davom etgan mojaroni hal etishdagi ishtiroki faqat ma'qullash bilan kutib olinadi. Bundan tashqari, Xitoy «bunday muhim masalani faqat AQShga qoldirmasligi kerak».
Mavzuga oid
09:52
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi «Ozodlik loyihasi» to‘xtatilishini ma’lum qildi
08:28
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha yangi rezolyutsiya loyihasini taqdim etdi
22:40 / 05.05.2026
AQSh prezidenti Eronga kurashni davom ettirishdan voz kechishni maslahat berdi
13:42 / 05.05.2026