O‘zbekiston | 10:27 / 23.10.2018
24908
2 daqiqa o‘qiladi

Si Jinping Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

Foto: Xinhua

XXR raisi Si Jinping O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi. 

“Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining 69 yilligi munosabati bilan yo‘llagan samimiy tabrigingiz uchun Sizga chuqur minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz”, - deb boshlanadi maktub.

Qayd etilishicha, joriy yil boshidan Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarida ijobiy tendensiya davom etib, o‘zaro siyosiy ishonch muttasil mustahkamlanib bormoqda. 

"Bir makon, bir yo‘l" tashabbusini birgalikda ro‘yobga chiqarishda yangi muvaffaqiyatlarga erishildi, xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv va do‘stlik izchil mustahkamlanmoqda. Siz bilan Kingdao shahrida ShHT sammiti doirasidagi uchrashuvimizni tez-tez eslayman, ushbu uchrashuvdan so‘ng ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish bo‘yicha biz qabul qilgan yangi rejalar bosqichma-bosqich hayotga tatbiq etilmoqda”, - deb yozadi XXR raisi.

“Men Xitoy – O‘zbekiston aloqalarini rivojlantirishga alohida e'tibor qarataman, o‘rtamizda shakllangan amaliy munosabatlar va shaxsiy do‘stlikni yuksak qadrlayman. Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida izchil rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida bundan buyon ham Siz bilan yaqindan hamkorlikni davom ettirishga umid qilaman. Sizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, O‘zbekiston xalqi farovonligi yo‘lidagi olijanob faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman”, - deyiladi Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinpingning maktubida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid