Sport | 18:43 / 25.10.2018
15908
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA reytingi. O‘zbekiston 8 oy ichida ilk marta ko‘tarilishga erishdi

Foto: Tribuna.Uz

FIFA terma jamoalarning yangi reytingini ma'lum qildi. Unda O‘zbekiston termasi avvalgi o‘rnidan 2 pog‘ona yuqorilab, 1254 ochko bilan 94-o‘rinda qayd etilgan.

Reytingning yangi talqinida Belgiya terma jamoasi yetakchi bo‘lib turibdi. O‘tgan oyda Fransiya ham belgiyaliklar bilan bir xil ochko to‘plagan holda birinchi o‘rinda qayd etilgan edi. Kuchli o‘nlikda bundan tashqari faqat bir o‘zgarish bor: 5-6 o‘rinlardagi Angliya va Urugvay termalari bu safar o‘rin almashishgan.

1. Belgiya  - 1733 ochko
2. Fransiya - 1732 (-1)
3. Braziliya - 1669
4. Xorvatiya - 1635
5. Angliya - 1619 (+1)
6. Urugvay - 1617 (-1)
7. Portugaliya - 1616
8. Shveytsariya - 1598
9. Ispaniya - 1594
10. Daniya - 1584

11. Kolumbiya; 12. Argentina; 13. Chili; 14. Germaniya; 15. Niderlandiya; 16. Meksika, 17. Shvetsiya; 18. Uels; 19. Italiya; 20. Peru.

MDH terma jamoalarining 7 tasi yuzlikka kirgan, ular orasidan O‘zbekiston 6-o‘rinda qayd etildi. Ektor Kuper murabbiyligidagi jamoa Osiyo termalari ichida yana Qatar bilan o‘rin almashib, 13-pog‘onaga qaytdi.

MDH terma jamoalari
27. Ukraina (+2)
41. Rossiya (+5)
78. Belarus (+2)
90. Qirg‘iziston (+1)
92. Gruziya (+1)
94. O‘ZBeKISTON (+2)
98. Estoniya

OFK terma jamoalari
30. Eron (+3)
42. Avstraliya (+1)
50. Yaponiya (+4)
53. Janubiy Koreya (+2)
72. Saudiya Arabistoni (+2)
74. Suriya
75. Xitoy (+1)
81. BAA (-4)
82. Livan (-5)
84. Ummon (+1)
89. Iroq
90. Qirg‘iziston (+1)
94. O‘ZBeKISTON (+2)
96. Qatar (-2)
97. Hindiston
99. Falastin (+1)

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi fevral oyidagi ko‘tarilish (77-o‘rindan 72-o‘ringa)dan so‘ng ilk marta o‘z o‘rnini yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan oylar davomida jamoa yo o‘z o‘rnini saqlab qolayotgan, yoki undan pastlab ketayotgan edi.

Mavzuga oid