Fan-texnika | 09:06 / 26.10.2018
7146
2 daqiqa o‘qiladi

Google shilqimlik bo‘yicha ayblovlar tufayli 48 xodimni ishdan bo‘shatdi

Foto: Boris Roessler / EPA

Google kompaniyasi ikki yil ichida jinsiy shilqimlik qilishda ayblangan 48 nafar xodimni ishdan bo‘shatdi. Bu haqda The Washington Post Google rahbari Sundar Pichaidan xodimlar qabul qilib olgan kompaniya ichki maktubiga asoslanib xabar bermoqda.

Maktubda qayd etilishicha, 48 kishi orasida 13 nafari kompaniyada yuqori lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, u yerda aytilishicha, ishdan bo‘shatilgan xodimlarning hech biri ishdan bo‘shaganda qonunga muvofiq beriladigan pulni olmagan.

Pichaining maktubi OAVning Google Android yaratuvchisi, shilqimlikda ayblangan Endi Rubinga ishdan bo‘shatilganidan so‘ng 90 million dollar to‘lab bergani haqidagi ma'lumotlariga o‘ziga xos reaksiya bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyodagi eng yaxshi ish beruvchilar ro‘yxati e'lon qilingandi.

Google'ga egalik qiluvchi Amerikaning Alphabet Inc. xoldingi dunyodagi eng yaxshi ish beruvchilar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. 

Mavzuga oid